Jahon

Oliy maʼlumotli odamlar sekinroq qarishi aniqlandi

Olimlar bu bo‘yicha yangi tadqiqot o‘tkazishdi.

Oliy maʼlumotli odamlar sekinroq qarishi aniqlandi

London universitet kolleji olimlari o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, yuqori ijtimoiy-iqtisodiy maqomga ega bo‘lgan odamlar, jumladan, oliy maʼlumotli va yuqori daromadli shaxslar, tengdoshlariga nisbatan sekinroq qariydi va yoshga bog‘liq kasalliklarga kamroq duchor bo‘ladi.

 

Tadqiqot doirasida 800 000 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan to‘rtta yirik loyiha natijalari tahlil qilindi. Qarish jarayoni yoshga bog‘liq kasalliklar va qon plazmasidagi oqsillar tarkibi orqali baholandi.

 

Asosiy natijalar: Past ijtimoiy maqomga ega bo‘lgan odamlar yuqori maqomdagilarga nisbatan 20 foiz ko‘proq yosh bilan bog‘liq kasalliklarga chalinadi. Ular 20 yil o‘tgach yuqori maqomdagi guruh bilan bir xil miqdorda qarish bilan bog‘liq tashxislarga ega bo‘lgan – yaʼni tezroq qarish kuzatilgan. Kam taʼminlangan odamlarda 2-toifa diabet, yurak-qon tomir kasalliklari, jigar kasalliklari, o‘pka saratoni va insult xavfi ikki baravar yuqori. Qondagi 14 ta oqsil darajasi bevosita insonning ijtimoiy mavqeyiga bog‘liq bo‘lib, yuqori ijtimoiy mavqe kasallik xavfini 39 foizgacha kamaytirishi mumkin.

 

Shuningdek, tadqiqotchilar yoshga qarab ijtimoiy mavqeni yaxshilash qarish jarayonini ijobiy yo‘nalishda o‘zgartirishi mumkinligini aniqladilar. Bolaligida qiyin sharoitda yashagan, lekin keyinchalik yuqori daromad va maqomga erishgan odamlarda yoshga bog‘liq kasalliklar kamroq uchraydi.

 

Professor Linda Partridge bu jarayon turmush tarzi, stress darajasi, ruhiy salomatlik, atrof-muhit ifloslanishi, oziqlanish, jismoniy faollik, chekish va spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini taʼkidladi. Shuningdek, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati, jumladan, profilaktik tekshiruvlar va emlashlar, salomatlik holatiga taʼsir qiluvchi muhim omillardan biri hisoblanadi.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"