Jahon

Tadqiqot: ChatGPT 67 foiz noto‘g‘ri maʼlumot beradi

Pullik xizmatlar har doim ham aniq natija bermaydi.

Tadqiqot: ChatGPT 67 foiz noto‘g‘ri maʼlumot beradi

Kolumbiya universiteti qoshidagi Raqamli jurnalistika bo‘yicha Tov markazi tadqiqotchilari AI qidiruv tizimlarining ishonchliligi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Ularning xulosalariga ko‘ra, sunʼiy intellekt asosida ishlovchi qidiruv tizimlari yangiliklar manbalari bo‘yicha so‘rovlarning 60 foizdan ko‘prog‘iga noto‘g‘ri javob beradi.

 

AI vositalari orasida ChatGPT Search 67 foiz holatda noto‘g‘ri javob bergan. Bu 200 ta sinov so‘rovining 134 tasi xato bo‘lganini anglatadi. Eng yuqori xatolik darajasi esa Grok 3 platformasida qayd etilgan – bu tizimning javoblari 94 foiz noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Tadqiqotchilar AI modellarining ishonchli maʼlumot topilmaganda sukut saqlash o‘rniga, ishonchli ko‘ringan, ammo noto‘g‘ri javoblarni yaratishini aniqladi.

 

Shuningdek, tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, pullik xizmatlar har doim ham aniq natija bermaydi. Perplexity Pro ($20/oy) va Grok 3 premium versiyasi ($40/oy) tekin variantlardan ham ko‘proq xato javoblar qaytarishi mumkin.

 

Boshqa muammo soxta URL manzillar yaratish bilan bog‘liq. Google Gemini va Grok 3 tizimlari tomonidan taqdim etilgan havolalarning yarmidan ko‘pi mavjud bo‘lmagan yoki buzilgan sahifalarga olib kirgan. Ayniqsa, 200 ta Grok 3 havolasining 154 tasi ishlamagan. Bu esa foydalanuvchilarga noto‘g‘ri yoki chalg‘ituvchi maʼlumot yetkazilishiga sabab bo‘lmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Tadqiqot: ChatGPT 67 foiz noto‘g‘ri maʼlumot beradi | Zamon.uz