Ispaniyada suv toshqinlari kuzatilmoqda
Hozirda evakuatsiya ishlari olib borilmoqda.

Ispaniyaning janubiy qismida joylashgan Andalusiya avtonom jamiyatida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida suv toshqini yuzaga keldi. Tabiiy ofat tufayli bir nechta shaharlarda darslar bekor qilinib, xavfsizlik choralari doirasida mahalliy aholi evakuatsiya qilinmoqda.
Viloyat hokimiyati bergan maʼlumotlarga ko‘ra, kuchli yog‘ingarchilik natijasida daryolar o‘z qirg‘oqlaridan chiqib, yo‘llar va aholi yashash joylarini suv bosgan. Noqulay ob-havo tufayli bir qancha avtomagistrallarda harakat to‘xtatilgan, shuningdek, temir yo‘l qatnovi ham uzilgan.
Ispaniya davlat meteorologiya agentligi avvalroq mamlakatning bir qancha hududlarida ekstremal ob-havo sharoiti yuzaga kelishi haqida ogohlantirish bergan edi. Andalusiyada xavf darajasi yuqori bo‘lib, rasmiylarga ko‘ra, hozircha asosiy eʼtibor aholining xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan.







