O'zbekiston

Samarqandda maktab direktori o‘quvchini kaltakladi

Bunga o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi janjal sabab bo'lgan.

Samarqandda maktab direktori o‘quvchini kaltakladi

 

Samarqand viloyati Narpay tumanidagi 50-umumta’lim maktabi direktori o‘quvchini kaltaklagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Holat bo‘yicha Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy izoh berdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 2025-yil 17-mart kuni 8-"A" sinf o‘quvchisi Sh.I. biologiya darsida sinfdoshi bilan gaplashib, tartibga rioya qilmagani sababli o‘qituvchi K.O. tomonidan unga tanbeh berilgan. Biroq o‘quvchi bundan xulosa chiqarmay, o‘qituvchini haqorat qilgan va natijada o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida janjal yuzaga kelgan.

 

Bu holatni boshqa o‘quvchilardan biri maktab direktoriga yetkazgan. Direktor sinfxonaga kirganida Sh.I. o‘qituvchi K.O.ning yoqasidan ushlab turganini ko‘rib, ularni ajratishga harakat qilgan va jahl ustida o‘quvchining yuziga tarsaki tushirgan. Bu haqda direktor o‘z tushuntirish xatida yozgan.

 

Hozirda holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

6 baravar qimmat: ayrim dorixonalarning «qing‘ir ishi» fosh bo‘ldi

6 baravar qimmat: ayrim dorixonalarning «qing‘ir ishi» fosh bo‘ldi

Ayrim dorixonalarda dori vositalari narxi sunʼiy ravishda oshirib yuborilgani aniqlandi. Xususan, ayrim dorixonalarda 15 ming so‘mlik dori 190 ming so‘mga sotilgan.

Aeroportda “reyd”: 166 mln so‘mlik tibbiy buyumlar to‘xtatib qolindi

Aeroportda “reyd”: 166 mln so‘mlik tibbiy buyumlar to‘xtatib qolindi

Hozirda ular ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ishlar olib borilmoqda.

Ustyurtda yangi kon: “Qoratau”dan gaz va kondensat olindi

Ustyurtda yangi kon: “Qoratau”dan gaz va kondensat olindi

Endilikda kondan sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan tabiiy gaz va kondensat oqimini olish mumkin.

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladi

Prezident Tojikiston yetakchisiga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va birodar davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilagan.

Talonchi soliqchilar: Qarshida inspektorlar 122,6 mln so‘mni o‘zlashtirdi

Talonchi soliqchilar: Qarshida inspektorlar 122,6 mln so‘mni o‘zlashtirdi

Ular pulni soliq qarzdorligini so‘ndirish maqsadida olib, keyinchalik o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Samarqandda maktab direktori o‘quvchini kaltakladi | Zamon.uz