Jahon

Xitoy tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni rag‘batlantirmoqda

Endilikda uchinchi farzand uchun 10 yil davomida subsidiya beriladi.

Xitoy tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni rag‘batlantirmoqda

 

Xitoy shimolidagi Xuxxoto shahri (Ichki Mo‘g‘uliston avtonom hududi ma’muriy markazi) tug‘ilish darajasini oshirish va jamiyatning qarishini sekinlashtirish maqsadida oilalarga yirik miqdorda moliyaviy yordam va’da qilmoqda.

 

Yangi qoidalar asosida:

  • Birinchi farzandi dunyoga kelgan oilalar 10 ming yuan (taxminan 1,4 ming dollar) miqdorida bir martalik subsidiya oladi.
  • Ikkinchi farzand uchun esa bola besh yoshga yetguniga qadar har yili 10 ming yuan to‘lanadi.
  • Uchinchi va undan ortiq farzand uchun subsidiya bola 10 yoshga to‘lgunga qadar davom etadi.

 

Shahar sog‘liqni saqlash qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Yan Chjunning so‘zlariga ko‘ra, ushbu chora-tadbirlar aholining kamayib borayotgan tug‘ilish ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan. 2019-2023-yillar oralig‘ida shaharda tug‘ilish darajasi pasaygan bo‘lsa, 2024-yilda u biroz oshgan. Mutaxassislar ushbu subsidiya dasturining uzoq muddatli ta’sirini hali baholash kerakligini ta’kidlamoqda, biroq ko‘plab oilalar bu siyosatni ijobiy qabul qilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Xitoy tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni rag‘batlantirmoqda | Zamon.uz