Jahon

Portugaliyada kuchli bo‘ron kuzatilmoqda

Bo‘ron oqibatida avtomagistrallar vaqtincha yopilgan.

Portugaliyada kuchli bo‘ron kuzatilmoqda

 

Portugaliya bo‘ylab kechayotgan kuchli “Martinyo” bo‘roni yirik talafotlarga sabab bo‘ldi. Shamol daraxtlar va elektr ustunlarini qulatdi, tomlarni yulib tashladi, transport harakati izdan chiqdi. Rasmiylar moddiy zarar katta ekanini bildirgan, biroq aniq baholash hali amalga oshirilmagan.

 

Fuqaro muhofazasi xizmati 20-mart kuni yarim tundan soat 11:00 gacha 6000 ga yaqin hodisani qayd etdi, ularning aksariyati Lissabon va uning atrofida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, olti kishi yengil tan jarohati olgan, 22 ta avtomagistral yopilgan, shuningdek, Tagus daryosi ustidagi osma ko‘prik harakat uchun to‘xtatilgan.

 

Bo‘ron Koimbra tumanidagi stadion tribunalarini qisman qulatdi, Kaskais aerodromida esa bir nechta kichik samolyotlarni ag‘darib yubordi. Madeyra arxipelagida ham 50 dan ortiq favqulodda hodisa qayd etilgan.

 

Ob-havo sharoiti shanbagacha yomonlashishi kutilmoqda, suv toshqinlari xavfi mavjud. “Martinyo” bo‘roni Ispaniyaga ham ta’sir qilgan, Fransiyaning janubiy hududlarida esa “to‘q sariq” ogohlantirish e’lon qilingan.

custom img

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

custom img

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

custom img

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

custom img

Uyda yolg‘iz qizaloq: Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qildi

Qiz voqeadan so‘ng politsiyaga murojaat qilgan va erkak hibsga olingan.

custom img

Ilk qo‘shma investitsiya: AQSH va Ukraina muhim minerallar bo'yicha kelishuv imzolandi

Yangi loyihalarning umumiy qiymati qariyb 70 mln dollarni tashkil etadi.

custom img

Flydubai’dagi hodisa: Tel-Avivga parvozlar to‘xtatildi

Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga favqulodda qo‘nganidan so‘ng aviakompaniya reyslarni keyingi xabargacha to‘xtatdi.

custom img

Hindiston-Pokiston chegarasida otishma: ikki pokistonlik halok bo‘ldi

Hindiston OAVlari ularni chegarani buzishga uringan shaxslar sifatida taʼriflagan.

custom img

Maxfiy uchrashuv: Tramp ma’muriyati Eron masalasini muhokama qildi

Uchrashuv AQSh ma’muriyati tomonidan rasman e’lon qilinmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"