Braziliyada noyob mashinalar topildi
Tashlandiq avtosalondan kollektorlarni hayratga solgan avtomobillar chiqdi.

Braziliyada uzoq yillar oldin tashlab ketilgan avtosalon topilib, uning ichidan kamdan-kam uchraydigan Volkswagen modellari aniqlangan. Ma'lumotlarga ko'ra, topilgan avtomobillarning umumiy qiymati 1,5 million Braziliya realiga baholanmoqda.
Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, topilgan modellarga “Volkswagen SP2”, “Volkswagen Itamar Beetle” va “Volkswagen Quantum 2.0 MI Evidence” kiradi. Eng qizig‘i, ushbu avtomobillarning barchasi ideal holatda saqlangan bo‘lib, shuncha vaqt o‘tgan bo'lsada ularga jiddiy zarar yetmagan.
Ushbu noyob transport vositalari haqida xabar tarqalgach, AQShlik kollektor ularni sotib olishga muvaffaq bo‘lgan. Mutaxassislar bu topilmani avtomobil tarixining muhim qismi deb hisoblamoqda, chunki bunday holatda saqlangan Volkswagen modellari juda kam uchraydi.







