Fransiyada Makronning iste’fosi talab qilinmoqda
“Uyg'on, Fransiya” partiyasi yetakchisi Makronning hokimiyatdan ketishini so‘radi.

Fransiyaning “Uyg'on, Fransiya” partiyasi yetakchisi Nikolya Dyupon-Aignan prezident Emmanuel Makronni lavozimdan chetlatish zarurligini ta’kidlab, bu masala hayotiy ahamiyatga ega va kechiktirib bo‘lmasligini aytdi.
Siyosatchi bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozib, Makron o‘z hokimiyatini saqlab qolish uchun Rossiya tahdididan foydalanayotganini hamda bu siyosat Fransiya fuqarolarining iqtisodiy ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini bildirdi.
Dyupon-Aignan prezidentning iste’fosini mamlakat barqarorligi uchun muhim qadam deb hisoblab, hukumat siyosatini keskin tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi rahbariyatning qarorlari inflyatsiya va iqtisodiy inqirozning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. Siyosatchi Makronning iqtisodiy va tashqi siyosatdagi yondashuvlari Fransiyani yanada chuqurroq muammolarga olib kelishini aytib, hukumatni favqulodda choralar ko‘rishga chaqirdi.
Bu bayonot Fransiyada siyosiy muhit yanada keskinlashayotganidan darak bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda ham qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.







