Jahon

Galaktikalardan birida kislorod aniqlandi

U Yerdan 13,4 milliard yorug‘lik yili uzoqligida joylashgan.

Galaktikalardan birida kislorod aniqlandi

Xalqaro astronomlar guruhi JADES-GS-z14-0 galaktikasida sezilarli miqdorda kislorod ionlari mavjudligini aniqladi. Bu kashfiyot ALMA mikroto‘lqinli teleskopi orqali amalga oshirildi va Yevropa Janubiy Observatoriyasi tomonidan e'lon qilindi.

 

JADES-GS-z14-0 galaktikasi Yerdan 13,4 milliard yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan bo‘lib, biz uni Katta portlashdan atigi 290 million yil o‘tgandagi holatida kuzatyapmiz. Bu esa uni hozirgacha aniqlangan eng qadimgi galaktikalardan biriga aylantiradi. Olimlar bu galaktikaning kutilganidan ancha tez shakllanganini va rivojlanganini qayd etishmoqda.

 

Dastlab tadqiqotchilar ushbu galaktikada vodorod va geliydan og‘irroq elementlar juda oz bo‘lishini kutishgan edi. Biroq ALMA tomonidan olingan ma'lumotlar katta miqdorda uglerod va kislorod mavjudligini ko‘rsatdi. Bu nazariy taxminlardan o‘n baravar yuqori bo‘lib, koinotdagi dastlabki galaktikalar shakllanish tezligini past baholaganimizni isbotlaydi.

 

Kelajakdagi kuzatuvlar JADES-GS-z14-0 singari qadimgi galaktikalarning qanday kimyoviy jarayonlar orqali shakllanganini va ularning yulduzlari qachon paydo bo‘lganini yanada aniqlashtirishga yordam beradi. 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Galaktikalardan birida kislorod aniqlandi | Zamon.uz