Jahon

Giza piramidalari ostida sirli yer osti inshootlari topildi

Inshootlarning aniq vazifasi nima bo'lgani hozircha noma’lum.

Giza piramidalari ostida sirli yer osti inshootlari topildi

Arxeologlar Giza platosi ostida ilgari noma’lum bo‘lgan yer osti inshootlari va qadimiy qoldiqlarni aniqladilar. Tadqiqot Italiya va Shotlandiyadagi universitetlar mutaxassislari tomonidan olib borilgan. Ular radiolokatsiya usuli yordamida Giza piramidalari tagidagi hududni o‘rganib, 648 metr chuqurlikdagi sakkizta quduq, Xafra piramidasi etagida beshta bir xil tuzilma va har biri 80 metr kenglikka ega bo‘lgan ikkita kub shaklidagi obyektni topdilar. Ushbu inshootlar yagona tarmoqni tashkil etib, uzunligi ikki kilometrga yetadi. Olimlar ularning sun’iy kelib chiqishini taxmin qilishmoqda, ammo aniq vazifasi hozircha noma’lum.

 

Bundan tashqari, 2025-yil mart oyida Giza platosida 5000 yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan inson qoldiqlari topildi. Tahlillarga ko‘ra, ular Nubiya hududidan kelgan odamlarga tegishli bo‘lishi mumkin, bu esa piramida qurilishida faqat mahalliy ishchilar qatnashgan degan avvalgi taxminlarni o‘zgartirishi mumkin.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, piramidalar taxminan miloddan avvalgi 2500-yilda fir’avnlar maqbarasi sifatida qurilgan. Biroq, ularning matematik proporsiyalari ba’zi olimlarda shubha uyg‘otmoqda. Ayrim tadqiqotchilar piramidalar faqat dafn marosimlari uchun emas, balki energiya uzatish yoki hatto qadimgi generatorlar sifatida ishlatilgan bo‘lishi mumkin deb hisoblashadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"