Eronda uch qavatli bino qulab tushdi
Bu hodisa gaz portlashi oqibatida yuzaga kelgan.

Eron poytaxti Tehronda uch qavatli turar-joy binosida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa gaz sizib chiqishi oqibatida yuz bergan.
Portlash natijasida bino butunlay qulab tushdi. 21 kishi jarohat olgan, ulardan 11 nafari kasalxonaga yotqizilgan, qolganlariga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hodisa joyida qutqaruv ishlari davom etmoqda. Rasmiylar hodisaning aniq sabablarini o‘rganmoqda.







