Germaniyada 382 ta poyezd harakati vaqtincha to'xtatildi
Bunga notog'ri kesilgan daraxtlar sabab bo'lgan.

Germaniyada havaskor bog‘bonlarning noto‘g‘ri harakati katta muammoga sabab bo‘ldi. 57 yoshli erkak va 55 yoshli ayol temir yo‘l hududida joylashgan daraxtni kesishga qaror qilib, natijada 382 poyezdning shikastlanishiga olib keldi.
Voqea Celle va Uelzen shaharlari o‘rtasida sodir bo‘ldi. Mahalliy aholi ushbu daraxt shoxlari mulklari ustiga osilganidan xavotir bildirib, uni kesish uchun ruxsat so‘rashgan. Biroq hech qanday chora ko‘rilmagach, er-xotin daraxtni o‘zlari kesishga qaror qildi.
Arralash vaqtida daraxtning qismlari elektr uzatish liniyasiga va o‘tib ketayotgan yuk poyezdiga qulab tushdi. Bu esa yirik uzilishlarga sabab bo‘ldi – temir yo‘l liniyasi bir kunga yopildi, poyezdlar kechiktirildi yoki bekor qilindi, umumiy kechikish 20 000 daqiqadan oshdi.
Federal politsiya ma’lumotiga ko‘ra, daraxt temir yo‘l mulki hisoblangan va shuning uchun uni kesish noqonuniy bo‘lgan. Endi er-xotin jiddiy xarajatlarga duch kelishi mumkin, chunki tergov ularning harakatlarini temir yo‘l faoliyatiga xavfli aralashuv sifatida baholamoqda.







