Jahon

Olimlar Yerning aylanishidan energiya olish yo‘lini topdi

Hozirda yangi tadqiqotni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

Olimlar Yerning aylanishidan energiya olish yo‘lini topdi

 

Prinston universiteti, Kaliforniya texnologiya instituti va Spectral Sensor Solutions kompaniyasi fiziklari Yerning aylanish energiyasidan foydalanib elektr ishlab chiqarish usulini taklif qilishdi.

 

Ilgari bunday texnologiya haqida ilmiy doiralarda shubhalar mavjud edi, chunki yaratilgan kuchlanish elektronlarning qayta taqsimlanishi tufayli yo‘qolishi mumkin deb hisoblangan. Biroq, olimlar ushbu kompensatsion harakatni oldini olishga muvaffaq bo‘lishdi.

 

Tajribada marganets rux ferritidan yasalgan silindr ishlatildi. U shimoldan janubga 57° burchak ostida joylashtirildi va Yerning magnit maydoni bilan perpendikulyar o‘zaro ta’sirga kirishdi. Qurilmaning uchlariga elektrodlar o‘rnatilib, o‘lchovlar amalga oshirildi. Natijada, 18 mikrovolt kuchlanish hosil bo‘lgani qayd etildi.

 

Tadqiqotchilar barcha tashqi ta’sirlarni, jumladan, harorat farqlarini va material tarkibining ta’sirini istisno qilishdi. Natijalar qo‘shimcha mustaqil tekshiruvlarni talab qiladi, ammo agar tasdiqlansa, bu Yerning tabiiy harakatidan energiya olish imkoniyatini ochishi mumkin.

 

Olimlarning fikricha, agar texnologiya yetarlicha rivojlantirilsa, katta miqdorda elektr energiyasi ishlab chiqarish mumkin bo‘ladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.