Jahon

Amerikada er-xotin 375 yilga qamaldi

Ular asrab olingan bolalarni qul qilib ishlatgan.

Amerikada er-xotin 375 yilga qamaldi

AQShning G‘arbiy Virjiniya shtatida oq tanli er-xotin asrab olingan besh nafar qora tanli bolani qul sifatida ishlatgani uchun uzoq muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi. 64 yoshli Jenni Key Uaytfizer 215 yilga, uning 63 yoshli eri Donald Lanza esa 160 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Shuningdek, ular jabrlanuvchilarga 280 ming dollar miqdorida tovon puli to‘lashga majbur.

 

Sud jarayonida ma’lum bo‘lishicha, er-xotin Minnesotadan G‘arbiy Virjiniyaga ko‘chib o‘tib, uy-joysiz bolalar boshpanasidan besh nafar bolani asrab olgan. Biroq ular farzandlariga g‘amxo‘rlik qilish o‘rniga, ularga fermada og‘ir mehnat qildirgan, qattiq jazolagan.

 

Mahalliy politsiya jinoyat haqida qo‘shnilarning shikoyati orqali xabar topgan. Ularning aytishicha, Donald Lanza bolalarni omborga qamab qo‘yganini ko‘rib, huquq-tartibot organlariga murojaat qilishgan. Politsiya tekshiruvlari natijasida, er-xotin odam savdosi va majburiy mehnatga aloqador deb topilgan.

 

Hukm e’lon qilingach, AQSh huquqni muhofaza qilish organlari bu kabi jinoyatlarga qarshi kurashni kuchaytirishga va bolalar huquqlarini himoya qilish choralarini oshirishga chaqirdi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

custom img

Rossiyada ikki Tojikiston fuqarosi ayollar kiyimida yurgani uchun deportatsiya qilinadi

Shuningdek, ularga nisbatan 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

custom img

Eron “Makka kelishuvi”ga qo‘shilish taklifini oldi

Tehron mintaqada umumiy “xavfsizlik soyaboni” yaratilishini ijobiy baholamoqda.

custom img

"Erkaklarning bir-birini quchoqlab, o‘pishi to‘g‘ri ish emas" — Toqayev

Qozog‘iston Prezidenti erkaklar, xususan, harbiylar o‘rtasida quchoqlashish odatini tanqid qildi.

custom img

Omskda qurilishdagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Hodisa oqibatida jami to‘rt kishi, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari halok bo‘lgan.

custom img

To‘qayev yangi prezidentlik muddatiga saylanishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi

Qozog‘iston yangi Konstitutsiyasi amaldagi prezidentga yana bir bor prezidentlik saylovida qatnashish imkonini berdi.

custom img

Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga zarba berdi

Rossiya Mudofaa vazirligi bir kecha davomida 457 ta Ukraina droni urib tushirilganini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"