Ilon Mask ikki oyda 148 milliard dollar yo‘qotdi
Shunga qaramay u dunyodagi eng boy odam bo‘lib turibdi.

Maskning boyligi hozirda 321 milliard dollarni tashkil etadi, ammo u tez pasayish jarayonida. Asosiy sabab sifatida prezident Donald Tramp inauguratsiyasidan keyin Tesla aksiyalarining 40 foizdan ortiq pasayishi ko‘rsatilmoqda. Ikki oy ichida Maskning boyligi 148 milliard dollarga kamaydi, lekin u hali ham dunyodagi eng boy odam sifatida tan olinmoqda.
Mask kompaniya va o‘zini byurokratik salibchilar sifatida ko‘rsatishga harakat qilmoqda, bu esa uning va kompaniyasining obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Raqiblar Maskni o‘zboshimcha deb atashmoqda va ommaviy ishdan bo‘shatishlar uchun tanqid qilmoqda. Tesla’ning an’anaviy mijozlar bazasi – liberal fikrdagi xaridorlar kompaniya rahbaridan yuz o‘girishayotganligi ham investorlar orasida xavotirlarni oshirmoqda.
Tesla fevral oyida 43 650 ta avtomobil sotgani haqida ma’lumot berilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 6 foizga kamaygan. Yevropada esa sotuvlar so‘nggi paytlarda 75 foizga qisqargani qayd etilgan.







