Isroil Suriyada harbiy operatsiyalarni davom ettirmoqda
Isroil Damashq, Suveyda va Tadmor hududlarida zarbalar uyushtirdi.

Isroil Mudofaa armiyasi (IDF) Suriyadagi ikkita harbiy baza – Tadmor va T4 hududlaridagi harbiy inshootlarga zarba berganini e’lon qildi.
IDF matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, zarbalar Isroil xavfsizligiga tahdid soluvchi obyektlarga qaratilgan bo‘lib, armiyaning operatsiyalari davom etmoqda.
So‘nggi haftalarda Isroil Suriyadagi bir necha strategik obyektlarga zarba bergan. 22-mart kuni Isroil qo‘shinlari Suriyadagi muhim harbiy inshootlarni nishonga oldi. Bundan oldin, 11-mart kuni Isroil harbiy-havo kuchlari Xalxal aviabazasiga hujum qilgani xabar qilingandi.
Shuningdek, 13-mart kuni IDF Damashqda "Islomiy jihod" (Rossiyada taqiqlangan) tashkilotining shtabiga zarba berganini tasdiqladi. Armiya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu shtab Isroilga qarshi terrorchilik harakatlarini muvofiqlashtirish uchun ishlatilgan.
Isroil armiyasi harbiy operatsiyalar davom etayotganini va mamlakat xavfsizligiga har qanday tahdid bartaraf etilishini ta’kidladi.







