Jahon

Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyatini olmoqchi

Putin ayniqsa Zaporojue va Xersonni talab qilmoqda.

Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyatini olmoqchi

Rossiya, Saudiya Arabistonida AQSH bilan o‘tkazilayotgan muzokaralarda Ukrainaning Donetsk, Lugansk, Zaporojye va Xerson viloyatlarini o‘z nazoratiga olishga intilmoqda. Garchi ushbu hududlarning barchasi hozirgi kunda Rossiya armiyasi tomonidan to‘liq nazorat qilinmasada, Kreml ularni maʼmuriy chegaralari bo‘yicha – Rossiya konstitutsiyasida ko‘rsatilgan anneksiya prinsipi asosida qo‘lga kiritishni rejalashtirayotganini aytmoqda.

 

Prezident Vladimir Putin yaqin amaldorlarning so‘zlariga ko‘ra, siyosiy jihatdan bu hududlarni yo‘qotish Rossiya uchun qabul qilib bo‘lmaydigan holat bo‘lib, u har qanday yo‘l bilan bu hududlar ustidan nazoratni o‘rnatishga intilishini taʼkidlagan. Putin, ayniqsa, Zaporojye va Xerson viloyatining butun hududlarini talab qilayotganini bildirgan, bu esa Rossiyaning hududiy kengayish siyosatining muhim qismi hisoblanmoqda.

 

Bundan tashqari, ayrim rossiyalik amaldorlar muzokaralarda, AQSHning Ukrainadagi Rossiya tomonidan bosib olingan hududlardan qo‘shinlarni olib chiqish talabini qo‘yib, bosim o‘tkazish imkoniyatiga umid qilayotganliklarini bildirishmoqda.

 

Shu bilan birga, alternativ variant sifatida Rossiya, masalan, Dnepropetrovsk yoki Sumi viloyatining bir qismini egallab olish orqali Xerson va Zaporojye hududlarini almashishni taklif qilishi mumkinligi aytilmoqda. Fevral oyi maʼlumotlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi ushbu to‘rt viloyatning katta qismlarini nazorat ostida ushlab tursada, baʼzi markaziy nuqtalar hali ham qo‘lga kiritilmagan.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyatini olmoqchi | Zamon.uz