Suriyada butun mamlakat bo‘ylab internet uzildi
Tahlilchilar internet bloklanishi mintaqadagi harbiy harakatlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ta'kidlamoqda.

Suriyada butun mamlakat bo‘ylab internet tarmog‘i uzilib qolgan. Bu haqda xalqaro internet-monitoring xizmati “NetBlocks” ma’lumot berdi.
Hozircha Suriya rasmiy idoralari internet uzilishi yuzasidan rasmiy izoh bermagan. Mutaxassislarning fikricha, bu texnik nosozlik yoki ataylab amalga oshirilgan cheklov bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshidan buyon Suriyada sobiq prezident Bashar Asad tarafdorlari va yangi hukumat kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlangan. Al-Latiqiya, Tartus, Xama va Homs viloyatlaridagi janglarda mingdan ortiq odam halok bo‘lgani xabar qilingan.
Ekspertlar internet uzilishining ushbu mojaro bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Hozirda mamlakatdagi aloqa tarmoqlari holati yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar kutilmoqda.






