Jahon

Tramp Ta’lim vazirligini yopish farmoni sabab sudga berildi

Uning yangi farmoni Konstitutsiyaga zid deb topildi.

Tramp Ta’lim vazirligini yopish farmoni sabab sudga berildi

 

AQSh prezidenti Donald Trampning Ta’lim vazirligini yopish bo‘yicha farmoni sudga tortildi. O‘qituvchilar kasaba uyushmalari, inson huquqlari faollari va NAACP (rangli aholining rivojlanishiga ko‘maklashish milliy assotsiatsiyasi) Tramp ma’muriyatiga qarshi da’vo kiritdi.

 

Tramp 20-mart kuni imzolagan farmonga ko‘ra, Ta’lim vazirligi tugatilishi va uning vakolatlari shtatlarga o‘tkazilishi kerak. Prezidentning ta’kidlashicha, federal byudjetdan har yili 60 milliard dollar maktab ta’limi uchun ajratiladi, lekin natijalar past. Hujjatga ko‘ra, 8-sinf o‘quvchilarining 70 foizi o‘qish, 72 foizi esa matematikani tushunishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

 

Bundan tashqari, Ta’lim vazirligi 1,6 trillion dollarlik talabalar kreditlarini boshqaradi, bu esa AQShning eng yirik banklaridan biri – Wells Fargo bilan tenglashadi. Tramp bu funksiyani xususiy sektor vakillariga topshirish kerakligini ta’kidlagan.

 

Sudga kiritilgan da’voda farmon Konstitutsiyaga va Kongress direktivalariga zid deb ko‘rsatilgan. Kongress Ta’lim vazirligiga ta’lim imkoniyatlarini rivojlantirish majburiyatini yuklagan, shu sababli uni tugatish qonunga muvofiq emas.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, vazirlik Trampning bu tahdidlari ortidan xodimlarini deyarli yarmiga qisqartirishga qaror qilgan. Hozirda u yerda 4,4 mingga yaqin kishi ishlaydi. Vazirlikni to‘liq yopish uchun esa Kongressning roziligi talab etiladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tramp Ta’lim vazirligini yopish farmoni sabab sudga berildi | Zamon.uz