Jahon

Yevropa va Osiyoda yadro quroliga bo‘lgan qiziqish ortmoqda

Bu holat yadro urushi xavfini oshirishi mumkin.

Yevropa va Osiyoda yadro quroliga bo‘lgan qiziqish ortmoqda

Yevropa va Osiyodagi baʼzi davlatlar o‘zlarining shaxsiy yadro quroliga ega bo‘lish haqida jiddiy fikr yuritmoqda. Ular Tramp prezidentligi davrida Qo‘shma Shtatlarni ishonchli ittifoqchi sifatida ko‘rmayapti. Financial Times nashriga ko‘ra, bu holat yadro urushi xavfini oshirishi mumkin.

 

“Katta davlatlar o‘rtasida yadro qurolini tarqatmaslik bo‘yicha kelishuv tobora zaiflashmoqda. Tramp fenomeni AQSH ittifoqchilarining o‘zida yadro quroliga ega bo‘lish zarurati haqida jiddiy o‘ylashiga turtki berdi. Ular endi Qo‘shma Shtatlarga suyanib qolmasdan, o‘z xavfsizligini taʼminlash yo‘lini o‘zlari topishlari kerak, deb hisoblashmoqda”, – deydi Karnegi jamg‘armasi tahlilchisi Ankit Panda.

 

Mutaxassislar fikricha, agar Qo‘shma Shtatlarning harbiy kafolatini kamaytirishi oqibatida Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma tugatilsa, dunyoda 15-25 ta yangi yadro davlatlari paydo bo‘lishi mumkin. Bu esa katta yadro urushining boshlanishiga olib kelishi ehtimolini oshiradi.

 

Financial Times xabariga ko‘ra, hozirda o‘z yadro quroliga ega bo‘lish masalasini jiddiy tarzda ko‘rib chiqayotgan to‘rtta davlat bor, bular — Germaniya, Polsha, Janubiy Koreya va Yaponiya. Qayd etilishicha, Janubiy Koreya va Yaponiyaning qiziqishiga asosan Xitoy va Shimoliy Koreya yadro dasturlarining o‘sib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

 

Garchi Donald Tramp AQSH yadro kafolatlarini qaytarib olishi haqida rasmiy bayonot bermagan bo‘lsa-da, so‘nggi vaqtlarda Yevropa mediasida Qo‘shma Shtatlar NATO doirasidagi harbiy majburiyatlarini kamaytirishi va qitʼadagi harbiy ishtirokini susaytirishi mumkinligi haqida tashvishli maʼlumotlar paydo bo‘la boshladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Yevropa va Osiyoda yadro quroliga bo‘lgan qiziqish ortmoqda | Zamon.uz