Janubiy Koreya qirg‘og‘ida Rossiya kemasi yonib ketdi
Hodisa oqibatida 6 kishi jarohatlangan.

Rossiyaning Crystal Asia nomli kemasi Janubiy Koreyaning Kamcheon (Busan) portidan 8 km uzoqlikda yonib ketdi. Bu haqda Rossiyaning Pusandagi bosh konsulligi o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Yong‘in 26-mart kuni soat 07:14 da sodir bo‘lgan. Kemada 23 kishidan iborat ekipaj bo‘lib, ularning 22 nafari Rossiya fuqarolari edi. Dengiz politsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, olti rossiyalik jarohatlangan, ulardan ikki nafari og‘ir ahvolda.
Jabrlanganlarning barchasi Pusan shahridagi tibbiyot muassasalariga olib borildi. Mahalliy qutqaruv xizmatlarining tezkor harakati yanada og‘ir oqibatlarning oldini oldi.








