Jahon

Afrikada uch ming yillik daraxtlar topildi

Daraxt o‘ziga xos urug‘ tarqatish xususiyatiga ega.

Afrikada uch ming yillik daraxtlar topildi

 

Olimlar Tanzaniya janubi-sharqidagi Udzungva tog‘lari o‘rmonlarida ilgari fanga noma’lum bo‘lgan ulkan daraxt turini aniqlashdi. "Tessmannia princeps" deb nomlangan bu yashil gigantlar 35-40 metr balandlikka yetadi va taxminan 2,7 metr diametrga ega bo‘lib, ularni quchoqlash uchun kamida 5-6 kishi kerak bo‘ladi. Eng hayratlanarlisi shundaki, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ayrim daraxtlarning yoshi 2000-3000 yilga borib yetishi mumkin.

 

Bundan tashqari, Tessmannia princeps o‘ziga xos urug‘ tarqatish mexanizmiga ega: uning pishgan urug‘lari qobiqdan katta masofaga “portlab” uchib ketadi. Bu usul ba’zi o‘simliklarga xos bo‘lsa-da, gigant daraxtlar orasida juda noyob hodisa hisoblanadi.

 

Afsuski, bu qadimiy daraxtlarning kelajagi xavf ostida. Olimlar faqat ikki kichik populyatsiyada taxminan 100 ta daraxtni aniqlashdi. Sezilarli darajada sekin o‘sishi va cheklangan hududda joylashgani sababli, Tessmannia princeps har qanday tashqi ta’sirga juda zaif bo‘lib, yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi.

 

Bu topilma Udzungva o‘rmonlarini tiklash bo‘yicha keng ko‘lamli loyiha doirasida amalga oshirilgan. Ushbu loyihada qadimiy tropik o‘rmonlarning muhim qismlarini birlashtirish va ekotizimni saqlab qolish maqsad qilingan.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Afrikada uch ming yillik daraxtlar topildi | Zamon.uz