Jahon

Braziliyaning sobiq prezidenti davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanmoqda

Unga 40 yil qamoq jazosi berilishi mumkin.

Braziliyaning sobiq prezidenti davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanmoqda

 

Braziliya Oliy sudi mamlakatning sobiq prezidenti Jair Bolsonaroga qarshi davlat to‘ntarishiga urinish bo‘yicha ish ochish qarorini chiqardi.

 

Fevral oyida Bolsonaruga beshta jiddiy ayblov qo‘yilgan edi, jumladan, u prezident Luiz Inasio Lula da Silvaning lavozimga kirishishiga to‘sqinlik qilishga uringanlikda ayblanmoqda.

 

Sobiq prezident esa barcha ayblovlarni rad etib, o‘zini "siyosiy ta’qib qurboni" deb atamoqda. Agar sud uni aybdor deb topsa, 40 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

 

Bolsonaroga qarshi ish 2023-yil yanvar oyida sodir bo‘lgan voqealar bilan bog‘liq. O‘shanda uning tarafdorlari poytaxt Braziliyadagi hukumat binolariga bostirib kirib, prezident saylov natijalarini bekor qilishga uringan. Mazkur tartibsizliklar 8-yanvar isyoni nomi bilan tarixga kirgan.

 

O‘tgan oyda tergovchilar Bolsonaroga yaqin harbiy va siyosiy doiralar ham davlat to‘ntarishini rejalashtirishda ishtirok etganini ma’lum qilishdi. Hozirda sud jarayoni qachon boshlanishi aniq emas, ammo bu Braziliya siyosati uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan masala sifatida ko‘rilmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Braziliyaning sobiq prezidenti davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanmoqda | Zamon.uz