Jahon

Nigeriyada harbiy bazaga hujum uyushtirildi

Terrorchilar harbiy bazaga dronlar yordamida hujum qilgan.

Nigeriyada harbiy bazaga hujum uyushtirildi

 

Nigeriyaning Borno shtatidagi harbiy bazaga uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi. Avvalroq to‘rt kishining o‘limi haqida xabar berilgan edi.

 

Xabarlarga ko‘ra, hujumni Nigeriya shimoli-sharqida faoliyat yurituvchi IShID va Boko Haram terror tashkilotlari amalga oshirgan. Jangarilar avval dronlar yordamida zarba bergan, so‘ng yer qismidan hujum uyushtirib, harbiy bazaning qurol-yarog‘ omborini talon-taroj qilgan.

 

Kamerun Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlarning 12 nafari Kamerun armiyasi harbiy xizmatchilari bo‘lib, 10 kishi jarohatlangan. Yaradorlar Chad poytaxti Ndjamena shahriga yetkazilgan.

 

Mudofaa vazirligi jangarilarning yirik transmilliy jinoiy guruhlar bilan aloqasi borligini ta’kidlab, ular hujum chog‘ida murakkab qurollardan va yengil-taktik mashinalardan foydalanganini qo‘shimcha qilgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Nigeriyada harbiy bazaga hujum uyushtirildi | Zamon.uz