Rossiyada 11 kishini o‘ldirgan shaxs fosh etildi
U shaxmat o‘ynab g‘olib bo‘lganlarni o‘ldirgan.

Rossiyaning Lipetsk shahrida boshpanasiz Nikolay Shubin shaxmat o‘yinlarini o‘limga aylantirgan qotil sifatida qo‘lga olindi. U shaxmat o‘ynashga taklif qilgan odamlarni, agar ular g‘alaba qozonsa, shafqatsizlarcha o‘ldirgan.
1954-yilda tug‘ilgan Shubin yoshligida Voronej viloyatiga ko‘chib o‘tib, noqonuniy biznes bilan shug‘ullangan. 1984-yilda odam savdosi uchun qamalgan, keyin esa psixonevrologik dispanserda davolangan. Ozodlikka chiqqach, Lipetsk shahrida uysiz sifatida yashay boshlagan va shaxmatga qiziqib, o‘tkinchilarni o‘yin taklif qilish bilan ovora bo‘lgan.
2004–2006-yillar oralig‘ida u 11 kishini, jumladan, tanishi Viktor Meshcheryakovni o‘ldirgan. Tergovchilar uni qo‘lga olganlarida, u o‘z jinoyatlarini tan olib, “Men har doim g‘oliblarni o‘ldiraman” degan. Shubin qurbonlarini hushidan ketgunga qadar urib, keyin bog‘lab, o‘z uslubiga ko‘ra ularga “hayot darslari” bergan va so‘ng ularni bo‘g‘ib o‘ldirgan.
Shubin 2006-yilda qo‘lga olinib, ruhiy ekspertiza natijasiga ko‘ra “paranoyak shizofreniya” tashxisi bilan majburiy davolanishga yuborilgan.







