Shimoliy Koreya Rossiyaga yana 3000 harbiy yubordi
Kelajakada harbiy yordam yanada ko‘payishi mumkin.

Janubiy Koreya harbiy rahbariyatining maʼlum qilishicha, Shimoliy Koreya joriy yil boshidan beri Rossiyaga qo‘shimcha 3000 nafar harbiy yuborgan. Ushbu askarlar Ukrainaga qarshi urushda qatnashayotgani taʼkidlangan.
Seulning xabar berishicha, ilgari yuborilgan 11 ming shimoliy koreyalik harbiydan kamida 4000 nafari halok bo‘lgan yoki jarohatlangan. Shuningdek, Pxenyan Rossiyaga ballistik raketalar, granatomyotlar va reaktiv otish tizimlarini yetkazib berishda davom etmoqda.
Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning Rossiyaga harbiy yordami yana-da oshishi mumkin. Seul xalqaro hamjamiyatni ushbu harbiy hamkorlikka qarshi qatʼiy choralar ko‘rishga chaqirdi.







