Jahon

Ukrainaga xalqaro tinchlikparvar missiyalar yuborilishi mumkin

BMT va G‘arb davlatlari Ukrainada tinchlikparvar kuchlarini joylashtirishni rejalashtirmoqda.

Ukrainaga xalqaro tinchlikparvar missiyalar yuborilishi mumkin

 

Ma'lum qilinishicha, Ukrainada ikkita turli tinchlikparvar missiya tashkil etish rejasi muhokama qilinmoqda.

 

Birinchi missiya BMT yetakchiligida bo‘lib, uning tarkibiga Osiyo va Janubiy Amerikadagi davlatlar harbiylari kiritilishi mumkin. Ular orasida Hindiston, Braziliya, Indoneziya va Saudiya Arabistoni tilga olinmoqda. Biroq Indoneziya rasmiylari o‘z tinchlikparvar kuchlarini Ukrainaga yuborish bo‘yicha hech qanday so‘rov olmagani haqida bayonot berdi. Ushbu missiyaning asosiy vazifasi – ikki armiyaning to‘qnashuv chizig‘ini nazorat qilish bo‘ladi.

 

Ikkinchi missiya G‘arb davlatlaridan iborat bo‘lib, ularning kuchlari Ukrainaning Yevropa Ittifoqi bilan chegaralarida joylashtirilishi mumkin. Manbalarga ko‘ra, AQSh ushbu operatsiyalar uchun barcha zaruriy logistika va texnologik yordamni, jumladan, havo nazorati, radar va sun’iy yo‘ldosh tizimlarini taqdim etishga tayyor.

 

Biroq boshqa manbalarga ko‘ra, Yevropa diplomatik doiralari Ukrainaga quruqlikdagi qo‘shinlar yuborish ehtimoli pastligini ta’kidlashmoqda. Bunga logistik qiyinchiliklar, Rossiyaning qarshiligi va AQSh tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlash yo‘qligi sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Shunga qaramay, ayrim Yevropa davlatlari harbiy mashg‘ulotlar yoki boshqa yordam ko‘rsatish uchun o‘z kuchlarini Ukrainaga yuborishi mumkin.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Ukrainaga xalqaro tinchlikparvar missiyalar yuborilishi mumkin | Zamon.uz