AQSh 300 dan ortiq xorijiy talabani vizasini bekor qildi
Ular Falastinni qo‘llab-quvvatlagani uchun AQShdan chiqarib yuboriladi.

AQSh davlat kotibi Marko Rubioning so‘zlariga ko‘ra, Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlarda qatnashgan 300 dan ortiq xorijiy talabaning vizasi bekor qilingan.
"Bekor qilingan vizalar soni 300 dan oshgan bo‘lishi mumkin. Biz buni har kuni amalga oshiryapmiz. Har safar bu aqldan ozganlardan birini topsam, vizasini bekor qilaman", – dedi Rubio.
Yanvar oyining oxirida AQSh prezidenti Donald Tramp antisemitizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan va Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlarda qatnashgan talabalarni deportatsiya qilish bilan tahdid qilgan edi.
Farmon ilovasida: "Mamlakatimizda yashayotgan va radikal g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishlarga chiqqan barcha xorijliklarga ogohlantirish: 2025-yilda biz sizlarni topib, deportatsiya qilamiz", – deyiladi.








