Jahon

Dog'istonda o'lgan ayol dafn marosimida tirildi

Unga "lazar sindromi" tashxisi qo'yilgan.

Dog'istonda o'lgan ayol dafn marosimida tirildi

 

Dog'istonda dafn marosimi paytida masjidga olib kelingan ayol to'satdan hayotga qaytdi.

 

Ma'lumotlarga ko'ra, ayol bir necha kun oldin kasal bo'lib hushidan ketgan. Qarindoshlari uning o'lganligini tasdiqlashgan va uni marosim uchun masjidga olib kelishgan. Masjidda yuvish marosimi o'tkazilishi davomida, hayotdan butunlay uzilgan deb hisoblangan ayol ko'zlarini ochgan. Bu hodisa atrofdagi odamlar orasida katta hayratga sabab bo'ldi.

 

Tibbiy ekspertiza unga "Lazar sindromi" tashxisini qo'ygan. Bu sindrom yurak tutilishidan keyin qon aylanishining o‘z-o‘zidan tiklanishi bilan tavsiflanadi.

 

Ayolni davolash uchun tez yordam ko'rsatilgan va u kasalxonaga yotqizilgan. Uning holati jiddiy, lekin tibbiy xodimlar uning tez orada sog‘ayishiga umid qilmoqda.

 

Bundan oldin, Ozarbayjonning Jalilobod tumanida ham shunga o‘xshash bir hodisa ro‘y bergan. 34 yoshli erkak uyida hayot belgilari bo'lmagan holda topilgan va vafot etgan deb hisoblangan. U sud-tibbiy ekspertiza uchun olib ketilganida, ma'lum bo‘lishicha, u o‘lik emas, balki koma holatiga tushganligi aytilgan. Shunday qilib, bir necha soat davomida tirik bo‘lgan erkakning hayoti saqlab qolingan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Dog'istonda o'lgan ayol dafn marosimida tirildi | Zamon.uz