Fransiya va Britaniya Ukrainaga tinchlik kuchlarini yuborishdan voz kechdi
Tramp bilan suhbatdan so‘ng, Yevropa mamlakatlari bu taklifni rasmiy tarzda rad qilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yuborish imkoniyatini muhokama qilish uchun Parijda ko‘plab davlat rahbarlarini yig‘di. Biroq, uzoq davom etgan muzokaralar va Donald Tramp bilan suhbatdan so‘ng, hech bir Yevropa davlati ushbu masalada rasmiy majburiyatni zimmasiga olishga rozi bo‘lmadi.
Yevropa mamlakatlari AQShning Rossiya hujumi holatida ularning qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlamaslikdan xavotirda. AQSh esa bu tashabbusga nisbatan ehtiyotkorlik bilan yondashib, hech qanday rasmiy va’da bermadi. Shuningdek, ayrim amerikalik amaldorlar Makronning bu g‘oyasini tanqid qilgani ma'lum bo‘lgan.
Shu bilan birga, Fransiya prezidenti Parijdagi yig‘ilish yakunlari bo‘yicha Ukrainaga "tezkor kuchlar" yuborish niyati hali ham saqlanib qolayotganini ma'lum qildi.








