Meyn Kun mushugi Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
Mushukning dumi taxminan 47 santimetr.

AQShning Minnesota shtatida yashovchi ikki yoshli Meyn Kun mushugi Pugsli Addams Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Uning dumi uzunligi taxminan 47 santimetr bo‘lib, bu tirik mushuklar orasida eng uzun dum sifatida qayd etildi.
Pugslining egasi Amanda Kameronning aytishicha, veterinar birinchi tekshiruvdayoq mushukning dumining o‘ta uzunligini payqagan. Shundan so‘ng, oila Ginnes rekordlariga ariza topshirgan va mushuk rasmiy ravishda rekordchi sifatida tasdiqlangan.
Pugsli o‘zining uzun dumi bilan ko‘pchilik e’tiborini tortadi va mahalliy yulduzga aylandi. Mushukning dumining kelajakda ham o‘sishi mumkinligi aytilmoqda.







