Qirg‘izistonda yuz bergan zilzila O‘zbekistonda sezildi
Toshkent vaqti bilan 06:17 da yer qimirlagan.

Bugun, 28 mart kuni Toshkent vaqti bilan 06:17 da Qirg‘izistonning Jalolobod shahrida yer qimirlagan. Zilzila koordinatalari: 41,67 gradus shimoliy kenglik; 71,75 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=3.7. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 216 km janubiy-sharqda. Epitsentrda sezilish kuchi 5 ball.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Yangiqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 45 km;
Kosonsoy tumanida 2 ball, 53 km;
Chortoq tumanida 2 ball, 54 km.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida 3.8 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.







