Tailandda kuchli zilzila sodir bo‘ldi
Zilzila yana takrorlanishi mumkin.

Tailandda 4,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila Pitsanulok, Pichit, Kampheng Phet, Nakhon Savan, Ley va Phetchabun provinsiyalariga ta’sir ko‘rsatdi. Yer osti silkinishlari 5 km chuqurlikda qayd etilgan.
Ba’zi binolarda zarar yetgani, jumladan, Pichit provinsiyasidagi buddaviy ibodatxonada shikastlanishlar kuzatilgani xabar qilinmoqda. Ayni paytda hukumat zilzila oqibatlarini baholash va xavfsizlik choralarini ko‘rish uchun maxsus inqiroz markazini tashkil etgan.
Rasmiylarning ma’lum qilishicha, zilzila ortidan takroriy silkinishlar bo‘lishi mumkin. Halokat oqibatida qurbonlar yoki jiddiy talafotlar haqida hozircha aniq ma’lumot berilmagan.







