Avstraliyada samolyot qulab tushdi
Hodisa aviashou davomida yuz bergan.

Avstraliyada bo‘lib o‘tgan aviashou davomida tomosha ko‘rsatayotgan samolyot halokatga uchradi. Hodisa shou davomida yuz bergan bo‘lib, tomoshabinlar voqeani o‘z ko‘zlari bilan kuzatishdi.
Ma’lum qilinishicha, samolyotni 50 yoshli uchuvchi boshqargan. U boshqaruvni yo‘qotganidan so‘ng samolyot yerga qulab, bir necha metr masofaga sirpanib ketgan. Hodisadan so‘ng uchuvchi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Mutaxassislar halokat sabablari bo‘yicha tergov olib bormoqda. Aviashou tashkilotchilari esa xavfsizlik choralarini kuchaytirish zarurligini ta’kidlashmoqda.







