Jahon

Ozarbayjon ayollari eng sog‘lom ayollar ro‘yxatidan joy oldi

Ozarbayjon ayollari 142 davlat ichida 54-o‘rinni egalladi.

Ozarbayjon ayollari eng sog‘lom ayollar ro‘yxatidan joy oldi

 

Ozarbayjon ayollari dunyo bo‘ylab eng sog‘lom ayollar qatoridan joy oldi. Hologic tomonidan o‘tkazilgan “Ayollar salomatligi indeksi” nomli to‘rtinchi yillik global tadqiqot natijalariga ko‘ra, Ozarbayjon 142 davlat orasida 54-o‘rinni egalladi.

 

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mamlakat ruhiy salomatlik, asosiy ehtiyojlarni qondirish va individual tibbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ijobiy natijalarga erishgan. So‘rovda 146 ming ayol ishtirok etgan bo‘lib, metodika profilaktik tibbiy xizmatlardan foydalanish, hissiy farovonlik va umumiy salomatlik darajasi kabi omillarni hisobga olgan.

 

Eng yuqori indeksli 10 ta davlat:

  1. Tayvan
  2. Quvayt
  3. Avstriya
  4. Shveytsariya
  5. Finlyandiya
  6. Germaniya
  7. Singapur
  8. Daniya
  9. Slovakiya
  10. Lyuksemburg

 

MDH davlatlari orasida eng yaxshi natijani Estoniya (11-o‘rin) va Qozog‘iston (12-o‘rin) qayd etdi. Rossiya 51-o‘rinda, Gruziya 72-o‘rinda, Armaniston esa 89-o‘rinni egalladi. Turkiya 76-o‘rinda qayd etilgan.

 

Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, so‘nggi 4 yil ichida 28 ta davlat ayollar salomatligini yaxshilash bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishgan. Biroq, hatto eng yuqori indeksga ega mamlakatlar ham 100 balldan 68 balldan ortiq ball ololmagan, bu esa global miqyosda ayollar salomatligini yanada yaxshilash kerakligini ko‘rsatadi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Ozarbayjon ayollari eng sog‘lom ayollar ro‘yxatidan joy oldi | Zamon.uz