Rossiya dronlari Dneprga hujum qildi
Rossiya 172 ta dron bilan Ukraina shaharlariga zarba berdi.

Rossiya harbiy kuchlari Dnepr shahriga zarba beruvchi dronlar bilan hujum uyushtirdi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, to‘rtta xususiy uy butunlay yonib ketgan, yana kamida 10 tasi zarar ko‘rgan. Shuningdek, ko‘p qavatli uylar, boshqa binolar, omborxonalar va avtomobillar shikastlandi.
Ushbu hujum oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan va 21 kishi jarohatlangan. Ulardan 13 nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Ukraina Qurolli Kuchlarining bayonotiga ko‘ra, Rossiya Ukraina hududiga jami 172 ta dron bilan hujum qilgan. Havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi 94 ta dronni urib tushirilgan, yana 69 tasining joylashuvi aniqlanmagan. Dnepropetrovsk, Xarkov va Sumi viloyatlari hujumdan jiddiy zarar ko‘rgan.







