Tramp boy amerikaliklarga soliqlarni oshirishni rejalashtirmoqda
O‘zgarishlar o‘rta sinf amerikaliklarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp o‘zining yangi saylov kampaniyasi doirasida badavlat fuqarolar uchun soliqlarni oshirish masalasini ko‘rib chiqishini ma’lum qildi. Bu o‘zgarishlar o‘rta sinf amerikaliklarini qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy tengsizlikni kamaytirishga qaratilgan.
Tramp avvalroq eng kam ish haqini oshirish tarafdori ekanini bildirgan edi. Uning fikricha, past daromadli qatlam vakillariga ko‘proq iqtisodiy imkoniyat yaratish kerak.
Tramp ma’muriyati avvalgi prezidentlik davrida soliqlarning pasayishi tarafdori bo‘lgan. Ammo yangi rejalarga ko‘ra, eng yuqori daromad egalari uchun soliq yukini oshirish mumkinligi taxmin qilinmoqda.







