Jahon

Yevrokomissiya generativ sun’iy intellektga katta sarmoya kiritadi

"Raqamli Yevropa" dasturi doirasida 1,3 milliard yevro ajratildi.

Yevrokomissiya generativ sun’iy intellektga katta sarmoya kiritadi

 

Yevropa Komissiyasi 2025–2027-yillarga mo‘ljallangan “Raqamli Yevropa” dasturi doirasida sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohalariga 1,3 milliard yevro miqdorida sarmoya kiritishini e’lon qildi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi ijro hokimiyatining matbuot xizmati xabar berdi.

 

Dastur doirasida mablag‘larning bir qismi generativ sun’iy intellekt modellarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Ushbu texnologiyalar tijorat kompaniyalari, davlat sektori, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy parvarish tizimlari uchun yanada ommabop va qulay bo‘lishi rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, dastur quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

  • Yevropa raqamli innovatsiya markazlarini (EDIH) qo‘llab-quvvatlash – yangi texnologiyalarni rivojlantirish va ularni bozorga chiqarishni tezlashtirish maqsadida;
  • Muqim infratuzilmalar, xususan, suv osti kabellarining kiberhujumlar oldida himoyasini kuchaytirish;
  • Yevropa Ittifoqi davlat xizmatlarining samaradorligini oshirish – raqamlashtirish orqali byurokratik jarayonlarni tezlashtirish va takomillashtirish;
  • Ta’lim muassasalarida raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish – yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash va raqamli texnologiyalar bo‘yicha malakani oshirish.

 

Ushbu sarmoya Yevropa Ittifoqining raqamli suverenitetini mustahkamlash va mintaqani global raqamli iqtisodiyotning yetakchilaridan biriga aylantirish maqsadida ajratilgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Yevrokomissiya generativ sun’iy intellektga katta sarmoya kiritadi | Zamon.uz