Eronda yo‘lovchi avtobusi halokatga uchradi
Hodisa oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan.

Eronning Kirmon viloyatida, Kermon-Mashhad trassasida yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketishi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi.
Xabar berilishicha, avtobusda jami 43 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisa joyiga tez yordam brigadalari yetib kelib, jarohatlanganlarni shifoxonaga yetkazgan.
Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi jabrlanuvchilarning ahvoli og‘ir bo‘lib, qurbonlar soni ortishi ehtimoli bor. Ayni paytda, halokat sabablari o‘rganilmoqda.
Mahalliy rasmiylar yo‘l harakati xavfsizligi choralarini kuchaytirish va yo‘llardagi texnik nazoratni yaxshilash zarurligini ta’kidlamoqda.







