Jahon

Kanadada kuchli muzli bo‘ron kuzatilmoqda

300 mingdan ortiq aholi elektr ta’minotisiz qolgan.

Kanadada kuchli muzli bo‘ron kuzatilmoqda

 

Kanadaning sharqiy hududlari, xususan Ontario va Kvebek provinsiyalarida kuchli muzli bo‘ron sodir bo‘lib, 300 mingdan ortiq aholi elektr ta’minotisiz qolgan. Hydro One kompaniyasining ma’lumotiga ko‘ra, muzlarning og‘irligi sabab daraxtlarning shoxlari sinib, elektr simlariga zarar yetkazgan, natijada minglab uy xo‘jaliklari chiroqsiz qolgan.

 

Kanadaning atrof-muhit bo‘yicha boshqarmasi Environment Canada tomonidan qattiq sovuq va muzli yomg‘ir bo‘yicha ogohlantirishlar berilgan. Muz va qor aralash yog‘ingarchilik ba’zi hududlarda davom etishi kutilmoqda. Markaziy Ontarioda suv toshqinlari xavfi ham mavjud.

 

Ontario provinsiyasining Orillia shahrida mahalliy infratuzilmaga yetkazilgan zarar tufayli favqulodda holat e’lon qilingan. Shaharning rasmiy veb-saytida e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, kuchli sovuq, elektr uzilishlari, qulab tushgan daraxtlar va yo‘llardagi xavfli sharoitlar sabab aholiga ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish tavsiya etilgan.

 

Elektr energiyasini tiklash bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Alectra kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, ayniqsa Toronto shimolidagi Barrie shahrida elektr ta’minoti uzilishlarining oldini olish juda qiyin bo‘lmoqda, chunki muz elektr simlari va ustunlariga yopishib, tiklash ishlarini sekinlashtirmoqda. Shunga qaramay, barcha mavjud resurslar safarbar qilingan.

 

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yo‘llarning yopilishi va qulab tushgan daraxtlar haqida xabarlar bermoqda. Sinoptiklarning prognozlariga ko‘ra, bo‘ronning ta’siri 1-aprelgacha davom etishi mumkin.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Kanadada kuchli muzli bo‘ron kuzatilmoqda | Zamon.uz