O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Eron rahbari bilan telefonlashdi

Prezidentlar bir-birini Navro‘z va Ramazon hayiti bilan qutladi.

Shavkat Mirziyoyev Eron rahbari bilan telefonlashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon 1 aprel kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda bir-birlarini va mamlakatlarimizning do‘st xalqlarini bahor ayyomi Navro‘z va muborak Ramazon hayiti - Iyd al-Fitr bilan samimiy qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

 

Qabul qilingan "yo‘l xaritasi" asosida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Eron munosabatlarini yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

 

Turli darajalarda faol muloqotlar va tashriflar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

O‘zaro savdo va yuk tashish ko‘rsatkichlari, qo‘shma korxonalar soni oshmoqda, poytaxtlar o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda.

 

Kimyo va neft-kimyo tarmoqlari, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari tarmog‘i va boshqa yo‘nalishlardagi kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va jadal amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Tehron shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, biznes forumi va sanoat ko‘rgazmasini samarali tashkil etish muhimligi taʼkidlandi.

 

O‘zbekiston va Eron yetakchilari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

custom img

“Karvon” bozori yonmoqda: qutqaruvchilar voqea joyida

Hozirda yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

custom img

Afg‘onistondan kelgan yuk mashinasi tekshirildi: 52,5 kg narkotik topildi

“Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan yuk mashina tirkamasining poliga yashirilgan o‘ramlardan 42,3 kilogramm gashish va 10,2 kilogramm opiy topilgan.

custom img

Qashqadaryoda 4 yoshli qizning o‘limi: oiladagi boshqa bola vasiyga topshirildi

Avvalroq 4 yoshli qizcha o‘gay onasining kaltaklashi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Kiyev va Moskva zarbalar almashdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Hujumlar chog‘ida Odessa viloyatida Liberiya bayrog‘i ostida suzayotgan kema va Kiyevdagi Shimoliy ko‘prik ham nishonga olingan. Ukraina Rossiya bosib olgan hududlarga zarba bergan.

custom img

Mahkumlarni vataniga o‘tkazish: O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi bitim ratifikatsiya qilinadi

Bitimga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan mahkumlar jazoning qolgan qismini fuqarosi bo‘lgan davlatda o‘tashi uchun o‘tkazilishi mumkin.

custom img

O'gay qizini o'ldirdi: Qashqadaryoda 4 yoshli qiz o‘gay onasi urishi oqibatida vafot etdi

Bosh qismidan jiddiy jarohat olgan qizaloqning sog‘lig‘i keskin yomonlashgan va u shu kuni hayotdan ko‘z yumgan.

custom img

Yangihayotda qurilayotgan masjidda yong‘in: qutqaruvchilar yetib bordi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

custom img

Qalbaki pullar va “bosmaxona”: Namanganda 51,5 mln so‘mlik qalbaki pullar aniqlandi

Pullar tayyorlab sotganlikda gumonlangan ikki shaxs ushlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"