Jahon

Xitoylik ayol 80 ta kvartirani firibgarlik yo‘li bilan sotdi

Firibgarlik ayolga 3 million dollar keltirgan.

Xitoylik ayol 80 ta kvartirani firibgarlik yo‘li bilan sotdi

Xitoyning Gansu provinsiyasida 30 yoshli ayol Van Vey 80 ta kvartiraning qulflarini almashtirib, ularni noqonuniy ravishda sotib, 3,3 million dollar ishlab topgan. U o‘zining qarindoshlari va do‘stlariga tegishli bo‘sh xonadonlarning mulk hujjatlarini qalbakilashtirib, firibgarlik yo‘li bilan foyda ko‘rgan.

 

Van Vey chilangarlarni yollab, kvartiralarning qulflarini almashtirgan va ularni arzon narxlarda sotgan. U ushbu noqonuniy daromadni erkaklar uchun sovg‘alar xarid qilishga sarflagan, jumladan, 1,4 million dollarni sevgilisi Chjan Chjenga o‘tkazgan hamda unga qimmatbaho mashina va ko‘chmas mulk hadya qilgan. Firibgarlik yangi “xaridorlar” kvartiralarga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lganda fosh etilgan.

 

Hozirda Van Veyga nisbatan tergov olib borilmoqda va u mol-mulkini musodara qilish sharti bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Mazkur firibgarlik Xitoyda ko‘chmas mulk xavfsizligi va nazorat tizimining zaif tomonlarini yana bir bor ko‘rsatib bergan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Xitoylik ayol 80 ta kvartirani firibgarlik yo‘li bilan sotdi | Zamon.uz