Jahon

AQShning NATOdagi elchisi almashdi

Mett Uitaker Senat tomonidan 52 ta ovoz bilan tasdiqlangan.

AQShning NATOdagi elchisi almashdi

AQSh Senati Donald Tramp tomonidan NATOdagi elchi lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan Mett Uitakerni tasdiqladi. Bu qaror Vashingtonning NATOga bo‘lgan munosabati haqida ko‘plab savollar paydo bo‘layotgan bir vaqtda qabul qilindi.

 

Uitaker avval Tramp ma’muriyatida Adliya vazirligida ishlagan, lekin uning tashqi siyosat yoki xavfsizlik sohasida tajribasi kam. Shunga qaramay, u Senat tomonidan 52 ta ovoz bilan tasdiqlangan. U tasdiqlash jarayonida AQShning NATOga bo‘lgan sodiqligi mustahkam ekanini ta’kidladi.

 

Tramp NATOni uzoq yillardan beri tanqid qilib kelgan va Yevropa davlatlarini o‘z mudofaasiga ko‘proq mablag‘ ajratishga chaqirgan. Endi Uitaker elchi sifatida AQShning alyansdagi manfaatlarini himoya qilish bilan shug‘ullanadi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

AQShning NATOdagi elchisi almashdi | Zamon.uz