Jahon

Tramp AQShda favqulodda holat rejimini joriy qildi

Bunga savdoda yuzaga kelgan nomutanosibliklar sabab bo'ldi.

Tramp AQShda favqulodda holat rejimini joriy qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp 2-aprel kuni milliy xavfsizlikni ta'minlash va savdo muvozanatini tiklash maqsadida favqulodda holat rejimini joriy etdi. Bu qaror, AQShning asosiy savdo sheriklari bilan o‘rnatilgan iqtisodiy aloqalardagi nomutanosibliklar va global savdo tizimining noxush holatiga javoban qabul qilindi.

 

Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQShning boshqa davlatlar bilan savdo munosabatlarida "o‘zaro tenglik yo‘q" va bu aloqalar so‘nggi yillarda "juda muvozanatsiz" bo‘lib qolgan. Prezidentning ta'kidlashicha, bu savdo nomutanosibliklari AQShning milliy xavfsizligiga tahdid solmoqda.

 

Shu bilan birga, Tramp 2-aprel kuni AQShning Yevropa Ittifoqi, Xitoy va boshqa davlatlarga qarshi boj qo‘yish choralari haqida ham ma'lum qildi. Jumladan, Yevropa Ittifoqi tovarlariga 20 foiz, Xitoy tovarlariga esa 34 foiz boj solinadi. Bundan tashqari, Vetnam, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Tayvan, Yaponiya kabi davlatlarga ham yuqori darajadagi bojxona to‘lovlari belgilandi. Moldova, Ukraina va Ozarbayjon kabi mamlakatlarga alohida tariflar qo‘llaniladi.

 

AQSh jami 185 mamlakatdan keladigan tovarlarga bojxona to‘lovlarini joriy qilgan bo‘lsa-da, Rossiya va Belarus ushbu ro‘yxatga kiritilmagan. Bojlar ikki tomonlama kelishuv asosida belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tramp AQShda favqulodda holat rejimini joriy qildi | Zamon.uz