Yevropa Maskning ijtimoiy tarmog‘ini 1 mlrd dollar jarimaga tortadi
Jarima 2025-yil yozida e’lon qilinishi mumkin.

Yevropa Ittifoqi regulyatorlari Ilon Maskga tegishli ijtimoiy tarmoq — X (sobiq Twitter)’ni dezinformatsiya va noqonuniy kontentga qarshi kurash bo‘yicha qonunlarni buzgani uchun 1 milliard dollargacha jarimaga tortishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jarima 2025-yil yozida e’lon qilinishi mumkin. Bundan tashqari, Yevropa regulyatorlari X'dan o‘z platformasiga muayyan o‘zgartirishlar kiritishni ham talab qilmoqda. X ayni damda Yevropa Ittifoqining Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonuni (DSA) talablarini buzganlikda ayblanmoqda.
Agar X platformasi talab qilingan o‘zgarishlarga rozi bo‘lsa, tomonlar o‘zaro kelishuvga erishishi mumkin. Aks holda, bu sanksiya AQSh-Yevropa munosabatlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etilmoqda.







