Jahon

AQSh harbiy kuchlarini yangicha yo‘nalishga o‘tkazmoqda

AQSh armiyasi qisqaradi, biroq texnologik va harakatchan kuchga aylanadi.

AQSh harbiy kuchlarini yangicha yo‘nalishga o‘tkazmoqda

 

AQSh armiyasi 90 ming nafar harbiy xizmatchidan voz kechishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, bu qisqartirish natijasida AQSh armiyasining umumiy soni 360 ming kishiga tushirilishi rejalashtirilmoqda.

 

Bu o‘zgarishlar, bir tomondan, byudjetdagi cheklovlar bilan, ikkinchi tomondan esa, harbiy kuchlarni yangi global tahdidlarga – ayniqsa, Tinch okeani mintaqasida kuchayib borayotgan Xitoy ta’siriga qarshi tayyorlash zarurati bilan bog‘liq.

 

Qisqartirishlar allaqachon boshlangan. O‘tgan yili, asosan, terrorizmga qarshi operatsiyalar bilan bog‘liq 24 mingga yaqin lavozim bekor qilingan edi.

 

Pentagondagi ayrim manbalar malakali mutaxassislarning armiya safidan ketishi ehtimolini ta’kidlamoqda. Bunga ushbu sohada yetarli motivatsiya va barqarorlik yetishmayotgani, shuningdek, fuqaro sektorida raqobatbardosh ish o‘rinlari mavjudligi sabab bo'lishi mumkin.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh Mudofaa vaziri Pit Hegset harbiy byudjetni 8 foizga qisqartirish tarafdori. Shu bilan birga, armiyaning asosiy e’tibori Yevropadagi mavjudlikdan terrochilikka qarshi strategik yo‘nalishlarga o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Pentagon vakillari esa AQSh armiyasi “ixchamroq, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan va tezkor harakatlana oladigan” kuchga aylanishini maqsad qilganini aytmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSh harbiy kuchlarini yangicha yo‘nalishga o‘tkazmoqda | Zamon.uz