Jahon

Turkiyada musodara qilingan mashinalar politsiya ixtiyoriga o‘tkazildi

23 ta qimmat avtomobil jamoat xavfsizligiga xizmat qilmoqda.

Turkiyada musodara qilingan mashinalar politsiya ixtiyoriga o‘tkazildi

 

Istanbul politsiya boshqarmasi jinoyatchilardan musodara qilingan 23 dona qimmatbaho avtomobildan xizmat maqsadida foydalanishni boshladi.

 

Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya mazkur avtomashinalarni shaxsan ko‘zdan kechirdi va ularning endi jinoyatchilar qo‘lida emas, balki qonun ustuvorligini ta’minlovchi organlar xizmatida bo‘lishi ramziy ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

 

Yaqinda o‘tkazilgan maxsus yirik operatsiyalar davomida Istanbulda faoliyat yuritgan bir nechta uyushgan jinoyatchi guruhlar qo'lga olindi. Operatsiyalar chog‘ida guruh yetakchilari va 111 nafar gumonlanuvchiga nisbatan tergov harakatlari boshlangan.

 

Musodara qilingan mashinalar orasida Ferrari, Bentley, Porsche va Mercedes-Benz kabi yuqori toifadagi brendlar ham mavjud. Sud qaroriga ko‘ra, bu avtomobillar rasmiy ravishda Istanbul politsiyasi ixtiyoriga o‘tkazilgan va endilikda ular jamoat xavfsizligini ta’minlash xizmatiga jalb etilmoqda.

 

Bu tashabbus jinoyatga qarshi kurashda nafaqat qonuniy yondashuv, balki ramziy g‘alaba sifatida ham qaralmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Turkiyada musodara qilingan mashinalar politsiya ixtiyoriga o‘tkazildi | Zamon.uz