7 yil davomida egasining qabrini tark etmagan mushuk vafot etdi
Dog‘istonlik sadoqat timsoli bo'lgan mushuk egasining yoniga dafn etiladi.

Dog‘iston respublikasida, Maxachqal’a shahrida yetti yil davomida egasining qabrini tark etmay yashagan “Xatiko” laqabli mushuk vafot etdi. Bu haqida hayvonlarga yordam ko‘rsatuvchi nodavlat tashkilot xabar bergan.
Mushuk ikki oy davomida veterinarlarning parvarishi ostida og‘ir kasalliklarga qarshi kurashgan. Ammo, ko‘rilgan barcha choralarga qaramay, u hayotdan ko'z yumgan. Mushukning jasadi Dog‘istonga olib kelinib, egasining qabri yoniga dafn etilishi rejalashtirilgan.
Sankt-Peterburglik hayvon huquqlari himoyachilari ushbu jonivorning taqdiriga e'tibor qaratib kelgan. Ular uni qabristondan olib chiqib, tekshiruvlar o‘tkazganlarida, mushukning tishlari singanini, quloqlarida og‘riq borligini hamda pnevmoniyaga chalinganini aniqlashgan. Garchi to‘plangan mablag‘lar hisobiga unga davolanish imkoniyati yaratilgan bo‘lsa-da, afsuski, asrab qolisha olishmagan.







