AQSHda kuchli suv toshqinlari kuzatilmoqda
Oqibatda minglab aviaqatnovlar kechiktirildi.

Amerika Qo‘shma Shtatlarining markaziy hududlarida kuzatilgan kuchli yomg‘irlar favqulodda suv toshqinlariga olib keldi. Xabarlarga ko'ra, tabiiy ofat oqibatida kamida 16 kishi vafot etgan.
Toshqinlar sabab 41 mingga yaqin odam xavfli hududda qolib ketgani ma’lum qilinmoqda. Rasmiylar favqulodda evakuatsiya choralarini ko‘rishga majbur bo‘ldi, ko‘plab yo‘llar vaqtincha yopildi.
Havoning noqulayligi AQShdagi transport va infratuzilmalarga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatdi: 6000 dan ortiq aviaqatnovlar kechiktirildi, ayrim hududlarda elektr energiyasi uzilib, aholining kundalik hayoti izdan chiqdi.
Mutasaddilar aholiga xavfsizlik choralariga qat’iy amal qilishni, rasmiy ogohlantirishlarni kuzatib borishni tavsiya qilmoqda. Ob-havo sharoitlari hali barqarorlashgani yo‘q.







