AQShda Tramp va Mask siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari bo'lib o'tmoqda
Namoyishlarda o‘n minglab fuqarolar ishtirok etmoqda.
AQShning bir nechta yirik shaharlarida prezident Donald Tramp va texnologiya magnati Ilon Maskga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda.
Trampning siyosati va Maskning milliarderlarga qulay iqtisodiy tashabbuslarini tanqid qilishmoqda. Ayrim mitinglarda “Demokratiya boylik ustidan ustun bo‘lsin”, “Ovozimizni eshiting” kabi shiorlar yangramoqda.
Tashkilotchilarning aytishicha, bu harakat so‘nggi yillarda Tramp va unga yaqin doiralarga qarshi o‘tkazilayotgan eng keng qamrovli tinch norozilik harakati sifatida tarixda qolishi mumkin. Namoyishlar ayniqsa Nyu-York, Los-Anjeles, Chikago, Boston va San-Fransiskoda keng miqyosda o‘tyapti.
Ijtimoiy tarmoqlarda esa #NoToTrumpland va #ResistTheBillionaires xeshteglar ostida millionlab foydalanuvchilar o‘z fikrlarini bildirishmoqda. Bu esa norozilik faqat ko‘chalarda emas, virtual maydonda ham davom etayotganini ko‘rsatmoqda.







